
OFK prezidentligi uchun Bahrayn, Qatar va BAAdan nomzodlar bor
2019 yil 6 aprel kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidentligi uchun saylov bo‘lib o‘tadi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra tashkilotni 2019-2023 yillarda boshqarish uchun quyidagi nomzodlar saylovda o‘z nomzodlarini qo‘yishgan:
-Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa (Bahrayn, amaldagi prezident)
- Saud Aziz M A Al Mohannadi (Qatar)
- Muhammad Xalfan Al Romaiti (BAA)
Eslatib o‘tamiz, OFK prezidenti bir vaqtning o‘zina FIFA vitse-prezidenti lavozimini ham egallaydi.
Fikrlar