Odil Ahmedov “Shanxay SIPG”da o‘zining birinchi golini urdi
Xabaringiz bor, ayni paytda Xitoyning “Shanxay SIPG” klubi Dohada kishki yig‘inni o‘tkazmoqda. Shanxayliklar ushbu yig‘in chog‘ida o‘rtoqlik o‘yinlarida ham maydonga tushishdi.
Kecha Odil Ahmedov to‘p tepayotgan “Shanxay SIPG” “Al Ahli” bilan so‘nggi nazorat bahsini o‘tkazdi. E’tiborga molik tomoni uchrashuvda Odil Hamedov va Vu Li jamoaning 2 goliga mualliflik qilishdi. Bellashuv esa 2:2 hisobi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori o‘zining birinchi golini “Shanxay SIPG”ning o‘rtoqlik o‘yinida urishga erishdi.

Fikrlar