
Og‘ir atletika. Misr va Gruziya terma jamoalarida oltin medal
Poytaxtimizda davom etayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bellashuvining beshinchi kuni o‘z yakuniga etdi. Ushbu kun Misr va Gruziya terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli xotima topdi.
Ayollar o‘rtasida kechgan 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasi misrlik Sara Ahmedning g‘alabasi bilan yakunlandi. Misrlik atlet ikki kurashda 238 kilogramm natija qayd etdi. Shuningdek, kumush va bronza medallari AQSh hamda Kolumbiya terma jamoasi vakillariga nasib etdi.
Erkaklar o‘rtasida 85 kilogrammgacha vazn toifasida kechgan bahs ancha shiddatli bo‘lib, unda gruziyalik Revaz Dovitadze (356 kg) yakunda oltin medal bilan taqdirlandi. Misr terma jamoasi vakili Ali Ahmad kumush, amerikalik Xarrison Maurus bronza medali bilan taqdirlandi. Ushbu vazn toifasida ishtirok "V" guruhida qatnashgan vakilimiz Zaynobiddin Muhammadaminov 11-natija qayd etdi.
Fikrlar