Olesya Kim raqibini ayab o‘tirmadi
Xabaringiz bor Qozog‘istonda o‘smirlar o‘rtasida tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
"KAZZINC Open – 2018" iusobaqasining birinchi davrasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida Begzod Rasamatov, qizlar o‘rtasida esa Yasmina Karimjonova g‘alaba qozongan edi.
Ular qatoriga yosh iste’dodli tennischimiz Olesya Kim ham qo‘shildi. U ilk davrada mezbon tennischisi Vladlena Samenkovani 6:0, 6:1 hisobida taslim qildi va ikkinchi davrada rossiyalik Alina Lebedevaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar