Olimjonning jangida zarbalar ko‘p bo‘ldi
O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Olimjon Nazarov AQShning Atlantik Siti shahri tashkil etilgan professional boks kechasida faoliyatidagi o‘n sakkizinchi jangini o‘tkazdi. Hamyurtimizning bu gal faoliyatini mag‘lubiyatsiz davom ettirayotgan amerikalik bokschi Stefon Yangga qarshi ringga ko‘tarildi.
Sakkiz raundlik bellashuv keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Hamyurtimiz harchand harakat qilmasiz amerikalik bokschi ayrim vaziyatlarda ustunlikka erishdi. Uchrashuvda zarbalar hisob-kitobi bilan shug‘ullangan hakamlar kichik farq bilan g‘olibi Stefon Yang g‘alaba qozonganini e’lon qildi.
Shundaq qilib, professional ringda 2008 yildan buyon jang o‘tkazayotgan Olimjon Nazarovto‘rtinchi mag‘lubiyatini tan oldi. Hamyurtimiz jami 14 ta jangda g‘alaba erishgan.
Stefon Yang esa 16-g‘alabasiga erishdi va mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettiradigan bo‘ldi.
SPORTS.uz

Fikrlar