Olimpiadada ishtirok etgan bokschini Meksikada otib ketishdi
Meksikalik sobiq bokschi Raul Kastaneda La-Pas shahrida yuz bergan otishmalar oqibatida halok bo‘ldi. U ayni damda 34 yoshni qarshi olgan edi, deya xabar beradi sport.es. Ma’lum bo‘lishicha, sportchi bir necha marta o‘q otilgan vaqtda rulda bo‘lgan. Keyin u boshqaruvni yo‘qotib, boshqa mashinaga borib urulgan. Voqea joyidan tezda shifoxonaga etkazilgan, biroq shifokorlarning urinishlari bekor ketgan.
Kastaneda so‘nggi marta 2012 yil 7 iyul kuni ringga chiqqan va hamyurti Andres Garsiyani ochkolar bo‘yicha mag‘lub qilgan. Shundan so‘ng u bir necha marta o‘g‘irlikda ayblanib, panjara ortida ma’lum vaqt o‘tirib chiqqan. U professional ringda 17 jang o‘tkazib, 15 g‘alaba (8 nokaut) hamda 2 mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Kastaneda 48 kg vazn toifasida Afina Olimpiadasida ishtirok etgan va 1/8 finalda rossiyalik Sergey Kazakovga imkoniyatni boy bergan.

Fikrlar