CHERY AUTO

Mamlakatimizda erkin, farovon va demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida keng qamrovli islohotlarning yangi bosqichi boshlandi. Bunda asosiy vazifa – xalq bilan muloqot qilish, inson manfaatlarini ta’minlash, tinchlik va farovonlikni yanada mustahkamlash, aholini hayotdan rozi qilishdan iborat. Ushbu maqsadlarga erishish madaniyat, san’at, badiiy ijod, jurnalistika va sport sohalari taraqqiyoti bilan ham chambarchas bog‘liq. 
Bu jihatlar 14 fevral kuni «Istiqlol» san’at saroyida mazkur sohalarda salmoqli yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan bir guruh ijodkorlar va sportchilarni «E’tirof – 2016» mukofoti bilan taqdirlash marosimida ham o‘z ifodasini topdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan «E’tirof» mukofoti mumtoz qo‘shiq, milliy estrada, raqs san’ati, jahon musiqa merosi, teatr va kino san’ati, adabiyot, musavvirlik, haykaltaroshlik, jurnalistika kabi yo‘nalishlarda soha ravnaqiga hissa qo‘shayotgan, izlanish va yutuqlari bilan hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan, milliy madaniyatimiz va san’atimizni dunyo miqyosida keng targ‘ib etayotgan ijodkorlar faoliyatini xalqimizga yaqindan tanishtirish imkonini bermoqda. Bu yil mukofotga nomzodlar «Teatr, kino va ommaviy tomoshalar», «Estrada, an’anaviy, opera xonandaligi, musiqa ijrochiligi va raqs san’ati», «Tasviriy va amaliy san’at», «Badiiy ijod, jurnalistika va televidenie», «Sport», «E’tibor, ehtirom, e’zoz» yo‘nalishlarida qirq to‘qqiz nominatsiya bo‘yicha aniqlandi. 

Tecno

 

 

Manba:uza.uz

 

 

 

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!