Olive Jiru “O‘rgimchak odam” multfilmining ovoz berish jarayonida ishtirok etdi (Video)
PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe va “Chelsi” klubi hujumchisi Olive Jiru “O‘rgimchak odam: Koinotlararo” multfilmining ovoz berish jarayonida ishtirok etishdi. Bu haqda frantsiyalik hujumchi “Tvitter”dagi sahifasida e’lon qildi.
Jiru Yashil Goblin qahramoniga, Kimpembe esa Skorpionga ovoz berdi. Multfilmning premerasi shu yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar