Olti sport turi bo‘yicha chempionni tabriklaymiz
Yurtimiz mahoratli va iqtidorli sportchilarga boy. Shu sabab bayrog‘imiz xalqaro maydonlarda hilpirab, madhiyamiz yangrab kelmoqda. Bunga yakkakurash sport turlarida faoliyat olib borayotgan sportchilarimiz ham o‘z hissalarini qo‘shishda davom etmoqda.
Shulardan biri olti sport turi bo‘yicha chempion Suhrob Rahimbekovdir. Bu sportchimiz bugun o‘zining 26 yoshini qarshi olmoqda. Shu munosabat bilan SPORTS.uz portali Suhrobga oilaviy tinchlik, sihat-salomatlik va kelgusi faoliyatida ham g‘alabalar bardavom bo‘lishini tilab qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Suhrob o‘tgan oyda AQShda JIU-JITSU bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq chempionatda ikkinchi marta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Ma’lumot uchun: Jiu-jitsu — jang san’ati va asosan gilam ustida bellashadigan xalqaro sport yakkakurash turi. Shuningdek, raqiblar bir-birini qiynab, og‘riq beruvchi usullar qo‘llaniladi. Bu sport turi XX asr boshlarida Kodokan dzyudodan ajralib chiqqan.

Fikrlar