Oltin medallar talash bo‘lgan musobaqada Shermuhammad polvon super "ippon"ga erishdi

BEPUL PROPAN
 

Chirchiq shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan Osiyo kubogi musobaqasida qit’amizdan tashqari Evropa va Shimoliy Amerikaning 10 ta mamlakatidan 160 nafarga yaqin dzyuochi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Ikkinchi kungi bellashuvlarda oltin medal uchun kurash qizg‘in kechdi. O‘smirlar bahsida O‘zbekiston, Tojikiston va Eron dzyudochilari o‘z mahoratini namoyish etdi. 90 kilogramm vazn toifasidagi final uchrashuvida ikki o‘zbek polvoni - Shermuhammad Jandreev va Muhriddin Tilakov o‘zaro bellashuvdi. Ushbu bahsda Shermuhammad raqibini 39 soniya ichida "ippon" bahosi bilan engdi.

Vazni 81 kilogramm bo‘lgan polvonlarning so‘nggi uchrashuvida Tojikistondan kelgan dzyudochilar - Jahongir Majidov va Rahmatullobek Farhodov o‘zaro raqobatlashdi. Bu bahsda Jahongir sof g‘alabaga erishdi.

Og‘irligi 100 kilogramm bo‘lgan dzyudochilarning final bahsida tojikistonlik Temur Rahimov hamyurtimiz Aloviddin Jo‘raqulovni engdi. O‘ta og‘ir vazn toifasida eronlik Hamidrizo Malikzoda o‘zbekistonlik Alisher Yusupovni engib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Qizlar musobaqasida o‘zbekistonliklardan Olmaxon Egamberdieva, Nodira Yo‘ldosheva, qozog‘istonlik Iolanta Berdibekova hamda qirg‘izistonlik Diana Minalieva shohsupaning eng yuqlri pog‘onasidan joy oldi.

Chirchiq shahridagi Osiyo kubogi yakunlariga ko‘ra umumiy hisobda 9 ta oltin, 10 kumush va 13 ta bronza medal jamg‘argan O‘zbekiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi pog‘onalar Tojikiston va Eron dzyudochilariga nasib etdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!