O‘rtoqlik o‘yini. Gollandiya o‘zida Italiyaga mag‘lub bo‘ldi
Gollandiya terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Italiya futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan o‘yinda italiyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. E’tiborlisi, barcha gollarga aynan Italiya termasi mualliflik qildi.

Gollandiya – Italiya 1:2 (1:2, 0:0)
Gollar: 1:0 – 10, avtogol Romanoli, 1:1 – 11 Eder, 1:2 – 32 Bonuchchi.
Gollandiya – Zut, Xudt, Martins Indi, Tete, Blind (Virgever, 83), Lens, Veynaldum (Tornstra, 77), Promes (Bergeys, 89), Strotman (Trindade, 46), Depay, Klassen (Sneyder, 83).
Italiya – Donnarumma, Bonuchchi, Romanoli, Darmian (D`Ambrozio, 89), Rugani, Parolo, de Rossi (Galyardini, 37), Verratti (Verdi, 90), Dzappakosta (Spinatstsola, 62), Immobile (Belotti, 53), Eder (Petanya, 69).
Ogohlantirish: Rugani (48).

Fikrlar