O‘rtoqlik o‘yinlari. Isroil Moldova bilan, Daniya esa Germaniya bilan durang o‘ynadi

  • 7 iyun, 2017, 03:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, shu kunlarda dunyoning bir qator mamlakatlarida FIFA kunlari munosabati bilan terma jamoalar ishtirokida o‘zaro o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Hususan, kecha JCh-2018 yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan Isroil o‘z maydonida Moldova terma jamoasini qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Isroil - Moldova 1:1
Gollar: 0:1 – 51 Gynsar, 1:1 – 90, Saar (penalti).

***

Shuningdek, kecha Daniya terma jamoasi o‘z uyida amaldagi jahon chempionlari hisoblangan germaniyalik futbolchilarni qabul qilishdi. Qiziqarli kechgan ushbu bahs ham 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.
Daniya - Germaniya 1:1
Gollar: 1:0 – 18 Eriksen, 1:1 – 88 Kimmix.
Daniya: Rennov, Kristensen (Yorgensen, 46), Durmisi (Sorensen, 65), Larsen, Vestergor, Dileyni, Kvist (Shene, 46), Eriksen (Lerager, 65), Breytueyt, Yorgensen (Dolberg, 76), Poulsen (Vibe, 76).
Germaniya: Trapp, Ryudiger, Ginter (Yunes, 66), Xektor (Plattenxardt, 89), Zyule, Gorettska (Demirbay, 77), Kimmix, Rudi (Jan, 59), Draksler, Vagner (Brandt, 67), Shtindl.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!