Osiyo chempioni "So‘g‘diyona" mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda
Yangi mavsum uchun tayyorgarlikni Toshkentda olib borayotgan “So‘g‘diyona” klubi o‘z tarkibini kuchaytirish borasida ish olib bormoqda.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, bugun jamoa mashg‘ulotiga Osiyo chempioni Andrey Sidorov, "Qo‘qon-1912" jamoasidan Doniyor Hasanov, Jahongir Abdo‘mo‘minov "Metallurg", "Bunyodkor" jamoasidan Shoxruz Norxonov, "Dinamo"dan Mirkomil Lokaev, “Paxtakor”dan Jamshid Yusupovlar kelib qo‘shilishdi.
Bundan tashqari, jamoa murabbiylar shtabi Izzat G‘aniev, Sherzod Jalilov, Sardor Eminov, Arkadiy Galperen, Nodir Yo‘ldoshevlar bilan do‘stona xayrlashishga qaror qildi.
Jizzaxliklar yig‘in davomida 10 fevral kuni "Navbahor”, 17 fevralda “Metallurg", 20 fevralda Tojikistonning "Istiqlol", 21 fevral kuni "Qo‘qon-1912" jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.
13 fevral kuni jamoa mavsum oldi normativlarni topshirishadi.

Fikrlar