
Osiyo kubogi–2019 boshlanishiga 100 kun qoldi
Hozirgina Abu Dabi shahridagi Shayx Zayd sport majmuasida Osiyo kubogi boshlanishiga 100 kun qolganligi munosabati bilan, teskari hisobni ko‘rsatuvchi ya’ni musobaqa boshlanishiga necha kun qolganini ko‘rsatib teskari aylanuvchi soat o‘rnatildi va u ishga tushirildi.
Tadbirda Osiyo futbol konfederatsiyasi Bosh kotibi Dato Vindsor Jon, BAA futbol assotsiatsiyasi vakillari, tashkiliy qo‘mita raisi va a’zolari hamda barcha ishtirokchi terma jamoalarning vakillari ishtirok etishdi.
Fikrlar