Osiyo kubogi – 2019. Tanishing, Tailand terma jamoasi

  • 11 dekabr, 2018, 23:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qit’amizning yirik musobaqasi oldidan SPORTS.uz internet axborot portali Osiyo kubogida ishtirok etuvchi terma jamoalar bilan tanishtirishda davom etadi. Tanishtiruvni Tailand terma jamoasidan davom ettiramiz.

Tecno

Tailand nomini mahalliy aholi “Pratxet Txay” deb atashadi. Mazkur mamlakat Janubi-Sharqiy Osiyoda o‘z tarixida mustaqillikni saqlab qola olgan yagona davlatdir. Davlat iqtisodiyotining asosini sholikorlik tashkil etadi.

7470_original

Mamlakat tuzumi Konstitusion monarxiya.

Ushbu mintaqada futbol mahalliy aholining ko‘nglidan u qadar joy ola bilmagan (futzal bundan mustasno) va shu boisdan ham ular ko‘proq boks sport turiga qiziqishadi. Shuningdek so‘nggi vaqtlarda Tailandning sportning og‘ir atlatika turi ham keng rivojlanib bormoqda.

DtVx7OhUUAE-YoD

Asrimizning dastlabki o‘n yilligida Tailand futbolida kuchli legionerlar poygasi avj olib ketgan edi. Hozir ham Tai ligasida xorijlik futbolchilar etakchi o‘rin tutadi. Jumladan to‘purarlar ro‘yxatiga nazar tashlasak, uning yuqori o‘rinlarida birorta mahalliy futbolchini ko‘rmaymiz.

Tailand haqida biroz bo‘lsa ham ma’lumotlarga ega bo‘lgan bo‘lsangiz, tanishtiruvimizni mamlakat terma jamoasi bilan davom ettiramiz.

Tailand terma jamoasi o‘zining ilk o‘yinini 1948 yilning 20 avgustida Xitoyga qarshi o‘tkazgan. Bangkok shahrida kechgan uchrashuvda xitoyliklar 6:1 hisobida g‘alabaga erishadi.

Tailand uchun BAA maydonlarida o‘tadigan Osiyo kubogi sakkizinchisi bo‘ladi. Jamoaning mazkur musobaqadagi eng yaxshi natijasini 1972 yilda qayd etgan. O‘shanda tailar o‘z maydonlarida o‘tgan qit’a birinchiligida 3-o‘rinni egallashadi. To‘g‘ri, u vaqtlar turnirda 6 ta terma jamoa qatnashgan xolos.

Shundan so‘ng Yaponiya (1992), BAA (1996), Livan (2000), Xitoy (2004) va 2007 yil o‘z uylari va yana uch qo‘shni mamlakatda (Malayziya, Indoneziya, Vetnam) o‘tgan Osiyo kubogida ishtirok etgan. So‘nggi ikki qit’a birinchiligiga chiqa olmagan.

Tailandliklar 2019 yilda o‘tadigan musobaqada ishtirok etish huquqini 2016 yildayoq qo‘lga kiritishgan edi va bu narsa mahalliy muxlislarga olam-olam quvonch ulashgani shubhasiz.

Yaxshi bilasiz, Tailand terma jamoasi o‘tgan yili yozda Toshkentda Samvel Babayan boshqaruvidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan edi.

Hozirgi “jangovar fillar” esa o‘sha bir yil oldin Toshkentda O‘zbekistonga qarshi o‘ynagan jamoadan ancha farq qiladi. Jumladan tarkibda Jakarta va Palembangda o‘tgan Osiyo o‘yinlarida Ravshan Haydarov jamoasiga qarshi o‘ynagan bir nechta futbolchilar ham mavjud. Ammo shunday bo‘lsada, ularning soni u qadar ko‘p emas va shu bois jamoaning o‘rtacha yoshi ancha katta raqamni ko‘rsatadi.

Hozirda Tailand terma jamoasini 64 yoshli serbiyalik Milovan Raevats boshqarmoqda. Uning Tailand FA bilan 2020 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomasi mavjud. 2017 bahorida tailar o‘lkasiga kelgan Raevats boshqaruvida terma jamoaning natijalari yanada yaxshilandi. Har xolda ular 8 uchrashuvdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelishmoqda. Bosh murabbiyning o‘zi ham Osiyo kubogida jamoasining guruhdan chiqa olishiga ko‘zi etishini bir necha bor aytib o‘tgan.

rajevac

Chindan ham Janubi-Sharqiy osiyoliklar guruhdan chiqish imkoniyatiga egalar. Avvalo buning uchun ilk turda Hindistonni imkon qadar yirik hisobda yutishlari, keyin esa so‘nggi vaqtlarda “katta sahnadan tushib qolgan” Bahrayn bilan ijobiy natija qayd etishlari, va nihoyat so‘nggi turda mezbon – BAA terma jamoasi qarshiligini enga olishlari kerak bo‘ladi. Darvoqea, ushbu Osiyo kubogida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan termalarda ham pley-offda o‘ynash imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Tailand terma jamoasi haqida qiziqarli faktlar:

Dastlabki o‘yin: 1948yil 20 avgust Tailand – Xitoy 1:6;

Eng yirik g‘alaba: 1971 yil 24 may Tailand Bruney10:0;

Eng yirik mag‘lubiyati: 1956 yil 30 noyabr Buyuk Britaniya Tailand 9:0

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi: Kiatisuk Senamuang – 134 ta o‘yin;

Eng yaxshi to‘purar: Kiatisuk Senamuang 71 ta gol;

Eng yaxshi natijasi: Osiyo kubogi-1972 da 3-o‘rin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!