O‘zbekiston Kubogi: Nimchorak final o‘yinlarining sanasi aniq bo‘ldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Kecha, 18 aprel kuni O‘zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, ishtirokchi jamoalar o‘z raqiblarini bilib olishgandi.

Bitta uchrashuvdan iborat mazkur bosqich 29-30 may kunlariga belgilangan. Quyida jamoalar aynan qaysi sanalarda maydonga tushishi bilan tanishish mumkin.

Bunda Superliga hamda Pro-liga klublarining Kubokdan oldingi va keyingi o‘yinlari hisobga olingan. Shuningdek, bitta shahar klublarining bir kunda o‘ynamasligi masalasi ham ko‘rib chiqilgan.  

O‘zbekiston Kubogi. 1/8 final

29 may (seshanba)

“Mash’al” - “Surxon”

“Bunyodkor” - “So‘g‘diyona”

“Orol” - “Andijon”

“Iftixor” - “Paxtakor” 

30 may (chorshanba)

“Qo‘qon-1912” - “Neftchi”

“Dinamo” - “Qizilqum”

AGMK - “Nasaf”

“Lokomotiv” - “Sherdor”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!