
O‘zbekiston OTJ bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o‘rniga xorijdan murabbiy kelishi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Xabaringiz bor O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi yaqinda BAAda bo‘lib o‘tdan xalqaro musobaqada g‘olib chiqdi. Shu munosabat bilan bugun Milliy olimpiya qo‘mitasida terma jamoa bosh murabbiyi Ravshan Haydarov bilan matbuot anjumani o‘tkazildi. Tajribali mutaxassis kelajakda OTJga xorijdan murabbiy olib kelinishi haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.
«To‘g‘ri, bungacha xorijdan murabbiy olib kelinishi haqida gap-so‘zlar bo‘ldi. Bu haqida aniq ma’lumot bera olmayman. Ammo, ayni damda menga yuklatilgan aniq vazifa bor va uni bajarib kelmoqdaman. Bosh murabbiy rolida kim bo‘lishidan qat’iy nazar, bu jarayon to‘xtab qolmasligi lozim. Terma jamoaga kim kelsa ham qo‘ldan kelganicha yordam berishga tayyorman", - deydi Haydarov.
Fikrlar