O‘zbekiston OTJ bugun Turkiyada Slovakiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 15.01.2019 16:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
Avval xabar berganimizdek O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari olib bormoqda. 
 
Yig‘in davomida olimpiya terma jamoamiz uchun kuchli raqiblar bilan nazorat uchrashuvlari tashkil etish rejalashtirilgan. Jumladan, bugun terma jamoa a’zolari Antaliya shahridagi "Arcadia" o‘yingohida Slovakiya U-21 terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Murabbiylar shtabi mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlarida Olimpiya terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilarni sinovdan o‘tkazib, jamoa asosini shakllantirib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!