O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 10 fevraldan yig‘inga kirishadi

  • 8 fevral, 2019, 12:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berib o‘tganimizdek, O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning aprel oyida Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichida ishtirok etadi. Ana shu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida terma jamoa a’zolari 10 fevral kunidan yig‘inga kirishadi. Yig‘in Namangan shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yig‘ini davomida asosiy e’tibor futbolchi qizlarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilashga qaratiladi. Karima Yo‘ldosheva shogirdlari maydondagi mashg‘ulotlardan tashqari, trenajyor zalida ham mashqlar olib borishadi. Shuningdek, yig‘in davomida nazorat uchrashuvlari o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Namangandagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 19 fevralga qadar davom etadi. Ushbu yig‘inda qatnashadigan futbolchi qizlar ro‘yxati:

Darvozabonlar:

Saidova Zarina - “Bunyodkor – W”

Nurillaeva Sevara - “Sevinch”

Uzganova Nigora - “Metallurg W”

Himoyachilar:

Shodieva Laylo - “Sevinch”

Xojieva Ozoda - AGMK

To‘raeva Marjona - “Sevinch”

Xudoynazarova Dinara - “Lokomotiv”

Kosnikova Marina - “Bunyodkor – W”

Erkinova Diyora - “Metallurg”

Gancheva Husniya - “Sho‘rtan-Ledi”

Shodieva Amina - “Sevinch”

Alieva Durdona - "Sevinch"

Yarim himoyachilar:

Nazarqulova Mahliyo - “Lokomotiv – W”

Hikmatova Madina - “Paxtakor”

Alamuradova So‘g‘diyona - “Sevinch”

Oxunova Ruxsora - “Navbahor Lochinlari W”

Tosheva Laylo - “Sevinch”

Zaynitdinova Shahrizoda - “Metallurg”

Saidova Gulzoda - “Metallurg”

Mardieva Muxlisa - “Lokomotiv – W”

Bobokulova Albina - “Sho‘rtan-Ledi”

Hujumchilar:

Rashidova Tojiniso - “Bunyodkor – W”

Suyunova Oysara - “Lokomotiv – W”

Tokabaeva Sitora - “So‘g‘diyona”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!