O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova Jizzaxda seminar o‘tkazdi
O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova boshchiligida Jizzax viloyatida mazkur sport turini yanada ommalashtirish, muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminarda maktabgacha ta’lim muassasalarida va maktablarda bolalarning stol tennisi bilan shug‘ullanishlari uchun sharoitlar yaratish, ular o‘rtasida ushbu sport turini yanada ommalashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, viloyatdagi federatsiya vakillari, murabbiy va sportchilarga mazkur sport turining yangi qoidalari haqida tushuntirish berildi. O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova viloyatdagi kamchiliklar va muammolar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Viloyat federatsiyasi vakillariga mazkur muammolarning echimlari haqida maslahatlar berdi.
– Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Jizzax viloyatida stol tennisini yanada rivojlantirish va bu erdagi yoshlar o‘rtasidan tajribali tennischilarni kamol toptirishdir, – deydi Saida Mahmudova. – Shuningdek, bu erdagi vakillarimizning muammo va kamchiliklarini o‘rganib chiqdim va ularga muhim ko‘rsatmalar berdim. O‘ylaymanki, jizzaxlik sportchilar o‘rtasidan ham yuksak g‘alabalarga erishuvchi yoshlar kamol topadi.

Fikrlar