
O‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti! Saylovdan keyingi xursandchilik (video)
Xabaringiz bor, 2-3 noyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida AIBA (xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi)ning navbatdagi kongressi yakuniga etdi.
Unda kun tartibining asosiy masala tashkilotga yangi perzident saylash bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Unda ikkita nomzod o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov va qozog‘istonlik Serik Konakbaev kurash olib bordi. Saylov yakunlariga ko‘ra, ko‘pchilik delegatlar G‘ofur Rahimovga ovoz berishdi va u AIBA prezidenti etib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, G‘ofur Rahimov joriy yil yanvar oyidan beri ushbu tashkilotda prezidentlik lavozimini vaqtinchalik boshqarib kelayotgan edi.
Fikrlar