
O‘zil "Arsenal"ning eng yaxshi yosh futbolchisi kimligini aytdi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil jamoaning frantsiyalik xavbeki Matteo Genduzining o‘yinlaridan hayratga tushayotganini aytdi.
“Arsenal”ning eng yaxshi yosh futbolchisi Matteo Genduzi hisoblanadi. U haqiqiy brilliant futbolchi”, - deydi germaniyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 18 yoshli Genduzi “kanonirlar” safiga yozda Frantsiyaning "Loryan" klubidan 8 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 10ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar