PSJ "Barselona" ustidan FIFAga arz qilishi mumkin
PSJ klubi "Barselona" ustidan FIFAga shikoyat qilishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra parijliklar “ko‘k-anor ranglilar”ning yarim himoyachi Adrian Rabo bilan aloqaga chiqishayotganidan norozi bo‘lishmoqda. Xalqaro futbol qoidalariga ko‘ra “Barselona” futbolchi bilan uning jamoasini ogohlantirmasdan turib muzokaralar olib borayotgani uchun tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin. Frantsiya chempioni esa aynan mana shu huquqdan foydalanmoqchi.

Fikrlar