PSJ "Zenit"ning ikki futbolchisidan birini sotib olmoqchi
PSJ klubi "Zenit" yarim himoyachilari Klaudio Markizio va Leandro Paredeslarga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Tuttomercatoweb nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki parijliklar uchun Parades asosiy maqsad hisoblanadi. Ammo, ushbu argentinalik futbolchi uchun “Chelsi” ham kurash olib borayotgani sabab PSJ uni qo‘lga kirita olmagan taqdirda Markizioga e’tiborini qaratadi.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli Parades joriy mavsum piterliklar safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol va 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 32 yoshli Markizio esa 14ta o‘yinda ishtirok etdi va 2ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.



Fikrlar