PSJ futbolchisi mavsumni APLda yakunlashi mumkin

  • 24.01.2019 22:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ forvardi Kristofer Nkunku “Arsenal”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

L’Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli futbolchi PSJ rahbariyatiga o‘zining jamoada etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotgani va shu bois APL klubidan bo‘layotgan taklifga rozilik bildirishlarini so‘rab murojaat qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda Nkunku “kanonirlar” safida mavsum yakunigacha ijara asosida to‘p surishi mumkin. U joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!