PSJ himoyachisi faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin
PSJ himoyachisi Tomas Mene "Yuventus"ning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.
Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar rahbariyati yozda jamoani tark etadigan himoyachi Shtefan Lixtshtaynerning o‘rniga aynan 26 yoshli belgiyalik futbolchining nomzodini ilgari surishmoqda. O‘z navbatida parijliklar ham moliyaviy feyr-pleyga amal qilish uchun mavsumlar oralig‘ida bir qator futbolchilari bilan hayrlashishga majbur bo‘lishadi. Tabiiyki ushbu futbolchilar orasida Mene ham bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Mene joriy mavsum Franiya chempionatida jami 19ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar