PSJ prezidenti Chempionlar ligasiga tezroq VAR tizimi joriy etilishiga umid qilmoqda
Frantsiyaning PSJ klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfining fikricha videoassistent tizimini (VAR) Chempionlar ligasiga zudlik bilan joriy etish kerak.
“Men “Napoli”ga (1:1) qarshi o‘yindan so‘ng suratlarni ko‘rdim. Raqib futbolchisi Kalexon gol urgan paytda o‘yindan tashqari holatda edi. Bundan tashqari biz Bernatga qarshi ishlatilgan qo‘pollik uchun penalti tepishimiz kerak edi.
Biz ushbu o‘yinda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishimiz kerak edi. VAR Chempionlar ligasiga juda zarur va imkon qadar tezroq joriy etilishi kerak. Biz hakamning xatosi tufayli 2 ochko yo‘qotdik.
Umid qilamanki VAR Chempionlar ligasiga yanvardayoq (1/8 finaldan boshlab) joriy etiladi. Bu biz uchun juda muhim, buni “Napoli”ga qarshi bahs ham ko‘rsatib qo‘ydi”, - deydi qatarlik biznesmen.

Fikrlar