
PSJ yozda Oblak, Umtiti va Isko uchun 300 mln evro sarflamoqchi
Frantsiyaning PSJ klubi yozgi transferlar davrida o‘z oldiga juda katta maqsadlarni qo‘ymoqda.
Goal internet nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar yozda “Atletiko” posboni Yan Oblak, “Barselona” himoyachisi Samyuel Umtiti hamda “Real” yarim himoyachisi Iskolarning transferi uchun 300 mln evro sarflashga tayyor. Parij grandi esa bosh murabbiy lavozimiga Diego Simeoneni taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ prezidenti Nosir Al-Xelaifi jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Unai Emeriga ishonch bildirishda davom etishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar