Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“PSJ”ning qimmatbaho sotuvlari

Izohlar: 1

“PSJ”ni ko‘pchiligimiz qimmatbaho transferlarni amalga oshiruvchi jamoa sifatida bilamiz. Ammo quyidagi maqolamiz orqali esa siz Parij klubining boshqa tomoninin ko‘rishingiz bo‘ladi. Demak, “PSJ” tomonidan sotuvga qo‘yilgan qimmatbaho futbolchilar.

Karlo Anchelottining murabbiylik faoliyatiga nazar

Evropa ligasi ham qiziqarli yoxud mazkur turnirda eng ko‘p muxlis to‘plagan 5 o‘yin

Ronaldu – “Penaldu”mi?

5. Nikolya Anelka – 15 mln evro

“PSJ” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Anelka 17 yoshligida “Arsenal”ga transfer qilinadi. “To‘pchilar” safidagi ikki mavsum davomida 28 bor gol kiritgan Anelkani “Real” o‘z safida ko‘rishni istab qoladi va madridliklar frantsuz futbolchisi uchun “Arsenal”ga 22,3 funt funt to‘laydi. “Qirollik klubi”da bir mavsum to‘p surgan Anelka 2000 yil 22 mln funt evaziga yana qadrdon jamoasiga qaytadi. Biroq o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmagach, avvaliga “Liverpul”ga ijaraga beriladi. So‘ngra 15 mln evro(turli bonuslar bilan) evaziga “Manchester Siti”ga transfer qilinadi.

Luis Enrike davrida “Barselona”da kimlar debyut qildi?

4. Lukas Din – 16,5 mln

2013 yil “Lill” klubidan 15 mln evroga sotib harid qilingan Din “PSJ” tarkibidan muqim joy ola bilmadi. Har mavsum maksimum 20 ta o‘yin o‘tkazgan Lukas o‘tgan mavsumni ijara asosida “Roma” tarkibida o‘tkazdi. Ushbu mavsum avvalida esa “Barselona” 23 yoshli futbolchi uchun 16,5 mln evroni ayab o‘tirmadi.

“Manchester Yunayted” basketbol klubi haqida eshitganmisiz?

3. Mamadu Sako – 18 mln

Sako “PSJ” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi va parijliklar safidagi 7 yilda 200 dan ziyod o‘yin o‘tkazgan. Mamadu “PSJ” bilan barcha ichki musobaqalarda bir martadan g‘olib chiqadi. 2013 yil esa Loran Blanga kerak bo‘lmay qoldi shekilli, uni 18 mln evro evaziga “Liverpul”ga transfer qilishadi. Aytish joiz, frantsuz futboli kelajagi sifatida e’tirof etilgan Sako hozirda turli mojarolar girdobida qolib ketmoqda.

Kasilyas vs Buffon dueli tarixi

2. Ronaldino – 32,2 mln

Ronaldinoning Evropadagi ilk jamoasi aynan “PSJ” sanaladi. Poytaxt jamoasi Ronaldinoni Braziliyadan “ko‘hna qit’a”ga olib kelish uchun uning avvalgi jamoasi “Gremio”ga 5 mln evro bergan xolos. “Park De Prens”da ikki yil o‘ynagan Ronaldino jamoa safida 86 ta o‘yin o‘tkazgan va raqiblar darvozasiga 25 ta to‘p kiritishni uddalagan. 2003 yil esa “Barselona” braziliyalik iste’dod egasi uchun 30 mln evrodan ko‘proq bo‘lgan summani “PSJ” hisob raqamiga o‘tkazib bergan edi.

EChLda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan jamoalar

1. David Luiz – 38,5 mln

Luiz 2014 yil “Chelsi”dan “PSJ”ga oz emas, ko‘p emas 50 mln funt evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Parijda ikki yil to‘p surgan 29 yoshli himoyachi jamoa safida 90 ga yaqin o‘yinda maydonga tushib, 8 bor to‘p kiritishga erishgan. Bu orada esa “PSJ” bilan mahalliy sovrinlarni ikki martadan yutishga erishgan Luiz ushbu mavsum avvalida 38,5 mln evro evaziga “Chelsi” safiga borib qo‘shildi. Mazkur sotuv parijliklar tarixidagi eng qimmati sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oldi.

“Oltin butsa”ga da’vogarlik qilayotgan 10 futbolchi

Shahzod Xolboev tayyorladi

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q