
Paralimpiyachilarimiz Evropa Ochiq chempionatini muvaffaqiyatli yakunlashdi
25-29 may kunlari Frantsiyaning Berk-syur-Mer shahrida pauerlifting bo‘yicha Evropa Ochiq Chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada xamyurtlarimiz 1 oltin, 2 kumush va 1 bronza, jami 4 medalni qo‘lga kiritishdi.
Yoshlar o‘rtasida kechgan bahslarda 45 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shaxzoda Mamadalieva 71 kg toshni ko‘tarib, faxrli 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 50kg vazn toifasida Muslima Nuriddinova 65 kg natija bilan faxrli 2-o‘rinni egalladi. Kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda esa 55 kg vazn toifasida Roza Qo‘zieva 115 kg toshni ko‘tarib, 2-o‘rinni va 88 kg vazn toifasida Farxod Umirzoqov 180 kg natija bilan 3-o‘rinni band etishdi.
Qayd etish lozim, ushbu musobaqada 40 ta davlatdan 250 ga yaqin sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdilar.
Fikrlar