"Paxtakor": Birinchi o‘yinga 62 yil bo‘ldi

  • 08.04.2018 17:15
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
1956 yil 8 aprel kuni "Paxtakor" o‘zining birinchi rasmiy uchrashuvida maydonga tushgandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 
 
Dastlabki uchrashuvlarini O‘zbekistonning bosh jamoasi Toshkentning eski shahar qismida joylashgan "Spartak" stadionida o‘tkazgan. Chunki "Paxtakor" stadioni 1956 yilning 11 avgust kuni ishga tushirilgan va o‘sha kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.
 
Birinchi rasmiy bellashuv ikkinchi liganing "B" klassi doirasida 1956 yilning 8 aprel kuni o‘tkazilgan. Unda Perm viloyatining Molotov shahri jamoa bilan to‘qnash kelgan "Paxtakor" 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yin qaydnomasi bilan tanishing:
 
"Paxtakor" - Perm shahri jamoasi - 1:0 (1:0). "Spartak" stadioni.
 
"Paxtakor": Volostnov, Azizxo‘jaev, Kozenkov, Vitkalov, Tazetdinov, Muqimov, Kaprov, Maqsudov, Kanunnikov, Murashov, Borkin.
 
Gol: Maqsudov, 44-pen.
 
Hozirga kelib "Paxtakor" 11 martadan O‘zbekiston chempionatida va Kubogida zafar quchib, mamlakatimizning eng sovrindor jamoasiga aylangan. MDH Kubogi va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli o‘tgan bir necha mavsumlarga ega. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!