"Paxtakor" Eron klublariga qarshi qanday natijalar qayd etgan?

  • 1 mart, 2019, 18:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor "Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk turida "Persepolis"ga qarshi bahs olib boradi. Quyida toshkentliklarning Eron klublariga qarshi statistikasi bilan tanishib olishingiz mumkin.

"Sherlar" Osiyo klublari musobaqalarida Eron jamoalari bilan 15 marta to‘qnash kelishgan.

"Persepolis" bilan 2003 yil 11 mart kuni guruh bosqichi doirasida Toshkentga kechgan uchrashuvda Anvar Solievning yagona goli "Paxtakor"ga g‘alaba keltirgan. Hozirgacha ushbu jamoa bilan bir marta to‘qnash kelingan.

Eron jamoalaridan yana quyidagi jamoalarga qarshi uchrashuvlar o‘tkazilgan:
Zobaxan - 2:0, 0:1
Naft - 2:1, 1:1
Saba - 2:1, 2:0
Sepaxan - 2:1, 0:2
Traktorsozi - 1:0, 0:2
Fulad - 2:0, 3:1
Istiqlol - 2:1, 2:4

Jami 15 bellashuvning 10tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Bir o‘yinda durang qayd etilib, raqiblar 4 bor g‘alaba qozongan. 22 to‘p kiritilib, 15 gol o‘tkazib yuborilgan. Erondagi natijalar esa 2 g‘alaba, 1 durang va 4 mag‘lubiyatdan iborat. Gollar miqdori 8-11ni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
01/03/2019 21:22
Кайси мураббий билан галабалари купрок булганлигини айтилса яхши буларди
&
Лео Месси
01/03/2019 21:28
Арвеладзе билан гуруҳдан ҳам чиқолмайди Пахтакор...
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
02/03/2019 00:23
Бу гурухдан чикиш осон хам эмас.
Лекин биз ишонамиз!