“Paxtakor” hujumchisi Timur Tolipov “Navbahor” mashg‘ulotlariga qo‘shildi

  • 03.02.2017 12:22
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirayotgan “Navbahor” jamoasi tarkibiga bugun “Paxtakor” hujumchisi Timur Tolipov kelib qo‘shildi. 1995 yilning 18 may sanasida tug‘ilgan futbolchi bilan tez orada shartnoma tuziladi. Jamoamiz navbatdagi Toshkent yig‘ini davomida beshta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Dastlabki o‘yin ertaga Toshkentning “Paxtakor” klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi. “Sherlar”ga qarshi bahs soat 12.00da boshlanadi. Ikkinchi uchrashuvda jamoamizga Qozog‘istonning “Maxtaorol” klubi raqiblik qiladi. Qozoqlarga qarshi o‘yin 7 fevral sanasiga rejalashtirilgan. Keyingi nazorat o‘yinlari “So‘g‘diyona” (9 fevral), “Dinamo” (12 fevral) va “Buxoro” (14 fevral) jamoalariga qarshi o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!