"Paxtakor"ning yangi stadion qurish borasidagi ishlari nega to‘xtab qolgani ma’lum bo‘ldi

  • 11 iyul, 2018, 23:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda Toshkentning “Paxtakor” klubida sport direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan sobiq futbolchi Ja’far Irismetov bundan biroz vaqt muqaddam jamoaga yangi stadion qurilishi haqida xabarlar tarqalgani, ammo nega bu borada hozirgacha biror bir ish amalga oshmayotgani haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Bu 1-2 kun ichida hal bo‘ladigan masala emas. Bu hamma bilan maslahatlashgan holda qilinadi. Lekin hozirgi kunga kelib stadion masalasi o‘z echimini topib boryapti. Stadion quradigan odamlar bilan muzokaralar olib borilyapti. Balki bu yil stadionni boshqatdan qurish ishlarini boshlasak ham kerak. Ammo bu birgina “Paxtakor”ning o‘ziga bog‘liq emas. Ushbu ishni boshlash uchun tegishli joylardan ruxsat olishimiz kerak. Stadion qurish oson narsa emas. Buning uchun barchasini hisobga olish zarur. Lekin shuni ishonch bilan aytamanki, “Paxtakor” yaqin yillar ichida yangi zamonaviy stadionga ega bo‘ladi”, - deydi Irismetov.

Ja’far Irismetov bilan uyushtirilgan to‘liq suhbatni tez orada saytimizda o‘qiysiz. Shunday ekan bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!