Pepsi Superligada 16-tur o‘yinlari yakunlandi
Bugun Pepsi Superligasida 16-tur o‘yinlari yakunlandi. Kun doirasidan 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, "Qo‘qon-1912" o‘z uyida amaldagi chempion - "Lokomotiv"ni qabul qildi va 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Jizzaxda "Metallurg"ni qabul qilgan "So‘g‘diyona" ham "mehmonnavozlik"ni o‘rniga qo‘yib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Kunning so‘nggi bellashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Unda "Bunyodkor" "Qizilqum" bilan kuch sinashdi va raqibdan 2:0 hisobida ustun keldi.

Fikrlar