
Perotti va Defrel bugun "Milan"ga qarshi o‘ynay olishmaydi
Xabaringiz bor bugun Rimda Italiya A Seriyasining 7-turidan o‘rin olgan markaziy bahs bo‘lib o‘tadi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda "Roma" a’zolari Diego Perotti hamda Greguar Defrel bugun bo‘lib o‘tadigan "Milan"ga qarshi o‘ta muhim uchrashuvni o‘tkazib yuborishadi. Boisi, bu ikkala futbolchi joriy hafta Chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turida "Qorabox"ga qarshi bahsda jarohat olishgan. Ularning qachon safga qaytishi borasida ham hozircha ma’lumotlar yo‘q.
Ta’kidlash lozimki, ayni damda bundan tashqari "bo‘rilar"ning yana 4 nafar futbolchisi (Lorentso Pellegrini, Patrik Shik, Emerson dos Santos va Rik Karsdorp) davolanish muolajalarini o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Roma" hamda "Milan" jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi.
Fikrlar