
Peter Shmeyxel 33 yil muqaddam Cherchesov bilan tushgan suratini e’lon qildi (FOTO)
Daniya futboli afsonasi Peter Shmeyxel o‘zining tvitterdagi sahifasiga rossiyalik sobiq darvozabon, ayni damda esa mamlakat terma jamoasiga ustozlik qilayotgan Stanislav Cherchesov bilan 1985 yilda tushgan suratini joylashtirdi.
Aytish kerakki, ayni damda Rossiyada JCh-2018 o‘yinlarini tomosha qilayotgan Shmeyxel joriy yilning 10 iyul kuni Cherchesov bilan tushgan suratini 33 yil oldingi surat bilan yonma-yon joylashtirgan.
Fikrlar