Pike klub xo‘jayiniga aylandi

  • 29.12.2018 21:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike "Andorra" futbol klubini xo‘jayiniga aylandi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Gap shundaki, ushbu jamoani Pikega tegishli bo‘lgan Kosmos kompaniyasi sotib oldi. Ispaniyalik futbolchi birinchi bo‘lib klubning 200 ming evrolik qarzini bartaraf qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, “Andorra” ayni damda Ispaniyaning 5-divizionida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!