
Pirlo katta futbolga qaytadimi?
Fox Sports xabariga ko‘ra, 39 yoshli xavbek Avstraliyaning yarim professioanl jamoasi «Evondeyl» bilan muzokara o‘tkazdi.
Klub rahbariyati Pirloning Avstraliya kubogi doirasida amaldagi chempion - "Sidney"ga qarshi kechadigan 19 sentyabrdagi o‘yindan foydalanishni o‘ylamoqda.
Bunday hodisa Avstraliya futboli uchun oddiy hol. 2015 yil «Xeydelberg» safida Konstantinos Katsuranis bir o‘yinda maydonga tushgan edi.
Ma’lumot uchun, Pirlo 2017 yil professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Fikrlar