Pirlo murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi
Italiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo o‘zini murabbiylik sohasida sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.
Sentyabr oyida Pirlo murabbiylik litsenziyasini olgan edi va endi u “V” seriyadan quyi klublarning biriga bosh murabbiy yoki yuqori divizondagi jamoalarning birida yordamchi bo‘lib ishlashi mumkin.
– Meni murabbiylik ishi qiziqtirmoqda. Men yana aniq murabbiy bo‘lishimga ishonchim komil emas, ammo vaqti kelsa qaror qabul qilaman. Agar murabbiy bo‘lsam, muvaffaqiyatga erishi uchun barcha javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman, – deydi Pirlo.

Fikrlar