Povetkin o‘ziga yangi raqib topdi

  • 02.04.2018 17:33
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik og‘ir vaznli bokschi Aleksandr Povetkin navbatdagi jangini yozda britaniyalik Dillian Uaytga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.

Men unga (Povetkinga – “SPORTS.uz”) iyunda boshqa bokschi bilan jang qilishni taklif qildim. Agar u xohlasa, bu Dillian Uayt bo‘ladi, – deydi promouter Eddi Xirn.

Uayt ham o‘z navbatida Povetkin bilan ringda uchrashishga tayyorligini ma’lum qilgan. Xirnning so‘zlariga ko‘ra, ayni damda rossiyalik sportchi Entoni Joshua egalik qilayotgan Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamariga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Avvalroq Povetkinning promouteri Andrey Ryabinskiy kuzda Joshua bilan jang bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Biroq hozircha yakuniy bir qarorga kelinmagan.

O‘tgan hafta Povetkin Devid Praysni mag‘lub qildi. Uning hisobida professional boksda 34 g‘alaba (24 nokaut) va 1 mag‘lubiyat bor bo‘lsa, Uayt faoliyati davomida 24 jang o‘tkazib, 23 tasida zafar quchgan (17 nokaut).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!