Poytaxtimiz xalqaro turnirga mezbonlik qiladi

  • 29.01.2019 09:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

1-2 fevral kunlari poytaxtimizdagi MHSK sport majmuasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Nikolay Qo‘ldoshev xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

10-marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqada yurtimiz dzyudochilaridan tashqari qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan tashrif buyurgan sportchilar ham tatamiga chiqishi kutilmoqda.

Ushbu xalqaro turnir 1999-2000 yillarda tavallud topgan yosh polvonlar o‘rtasida tashkil etiladi. Musobaqada 16 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Bahslar quyidagi vazn toifalarida o‘tkaziladi:

O‘g‘il bolalar: -55, -60, -66, -73, -81, -90, -100, +100 kg

Qizlar: -44, -48, -52, -57, -63, -70, -78,+78 kg

Reja bo‘yicha 1 fevral kuni ishtirokchilarni tarozidan o‘tkazish hamda musobaqaga qur’a tashlash marosimi tashkil etilsa, 2 fevralda ko‘rsatilgan vazn toifalari bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tadi. Janglar soat 10:00 da start oladi. Final bellashuvlari esa soat 17:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!