Putin 6 oktyabr kuni Makgregor va Nurmagomedov jangiga bormaydi

CHERY AUTO

Joriy yilning 6 oktyabr kuni Las-Vegasda "UFC" chempionlari Xabib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘zaro raqobatlashadi.

Avval, "UFC 229" musobaqasidan o‘rin olgan ushbu bellashuvga "UFC" rahbari Deyna Uayt Rossiya va AQSh Prezidentlari Vladimir Putin hamda Donalda Trampni taklif qilgan edi.

Biroq, Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga ko‘ra, Kremlga hech qanday taklifnoma kelmagan va Putin bu jangga bormaydi.

Eslatib o‘tamiz, Donalda Tramp  Deynaning taklifini rad etgan va ushbu bellashuvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri televizor orqali ko‘rishi haqida xabar yo‘llagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!