
Putin Makronni Frantsiya terma jamoasining finalga chiqqani bilan tabrikladi
Kecha JCh-2018ning ilk yarim final bahsida Frantsiya Belgiya (1:0) ustidan g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Uchrashuv yakunlangach esa Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin frantsiyalik hamkasbi Emmanuel Makronni ushbu g‘alaba bilan tabrikladi.
“O‘yindan so‘ng Putin darxol Makron bilan bog‘landi. U Makronni va barcha frantsiyalik muxlislarni bugungi uchrashuvdagi g‘alaba va final yo‘llanmasi bilan tabrikladi”, - deyiladi prezidentning matbuot xizmati bergan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron shaxsan kecha “Sankt-Peterburg Arena”da bo‘lib o‘tgan uchrashuvni stadiondan turib kuzatib bordi.
Fikrlar