"Qizilqum" - "Dinamo" bahsida jangovor durang qayd etildi

  • 28.02.2019 18:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor yana sanoqli kunlardan so‘ng mamlakatimiz Superligasining yangi mavsumi start oladi.

Shu bois elitada ishtirok etuvchi klublar ayni kunlarda so‘nggi tayyorgarlik jarayonini o‘tkazishmoqda. Jumladan, Navoiyning “Qizilqum” klubi bugun Superliga debyutanti hisoblangan “Dinamo” Samarqandga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Gollarga boy kechgan bahs 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi.

Nazorat uchrashuvi.

"Qizilqum" - " Dinamo" 3:3

Gollar: Elguja Grigalashvili(7), Murod Bobojonov (56), Humoyun Abdualimov (60) - Shohruh Abdurahmonov (10), Amirjon Safarov (47,87).

Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” yangi mavsumning ilk uchrashuvini 8 mart kuni o‘z maydonida "Andijon"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!