“Qizilqum” Turkiyada yig‘in o‘tkazadi
Poytaxtdagi yig‘in davomida navoiyliklar uchta nazorat uchrashuvini o‘tkazishib, ularning barchasida (“Qizilqum” – “Qo‘qon-1912” 3:2, “Qizilqum” – “Bunyodkor” 3:1, “Qizilqum” – “Buxoro” 2:1) g‘oliblikka erishishgandi.
24 yanvardan jamoa Navoiyga qaytdi va o‘z qarorgohida mashg‘ulotlar olib bordi. Kuni kecha jamoa futbolchilariga qisqa ta’til berildi. Endilikda navoiyliklar 9 fevraldan yana to‘planishadi va 10 fevral kuni xorij yig‘ini o‘tkazish uchun Turkiyaga yo‘l olishadi. “Qizilqum” 10-21 fevral kunlari Antaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etadi. Yig‘in mobaynida bir qator sinov-nazorat bahslarida maydonga tushish ko‘zda tutilgan.

Fikrlar