
"Qizilqum" bugun Toshkentda yig‘in boshlaydi
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotan "Qizilqum" bugun, 29 yanvardan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini poytaxtimiz Toshkentda davom ettirishadi, deya klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayyorgarlikning birinchi bosqichini Navoiyda o‘tkazgan "Qizilqum" qisqa ta’tildan keyin bugun poytaxtda to‘planishadi.
Toshkentdagi yig‘in davomida jamoa asosiy e’tiborni nazorat uchrashvlariga qaratadi. Ikki haftalik yig‘ini mobaynida futbolchilarimiz sakkizta nazorat uchrashuvida maydonga tushishlari rejalashtirilgan.
Fikrlar