
"Qizilqum" nazorat o‘yinida "Dinamo"ga mag‘lub bo‘ldi
Poytaxtda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirayotgan “Qizilqum” futbochlilari bugun yig‘in davomidagi to‘rtinchi nazorat bellashuvini Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi o‘tkazishdi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi. Har ikkala jamoa a’zolari yig‘in davomida murabbiylar shtabi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarni ado etishga urinishdi.
Bahsning 60-daqiqasida Jasur Qurbonovning uzoq masofadan yo‘llagan kuchli zarbasini qaytarishda “Qizilqum” posboni Erkin Jabborov kichik xatoga yo‘l qo‘ydi va o‘yinda hisob ochildi.
Goldan ko‘p o‘tmay samarqandliklar hujumchisi raqib posboni bilan birga vaziyatga chiqib bordi va oradagi farqni ikkitaga oshirdi - 0:2.
O‘rtoqlik o‘yini
"Qizilqum" - "Dinamo" 0:2
Gollar: Jasur Qurbonov, 60, Sardor Sulaymonov (62).
“Qizilqum”: Artyom Makosin, Shukurali Po‘latov, Otabek Zokirov, Fayzullo Qambarov, Artur Gevorkyan, Samandar Shodmonov, G‘ayrat Jumaev, Sherali Jo‘raev, Ilhom Yunusov, Begzod G‘anijonov, Maksim Yurku.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Erkin Jabborov, Viktor Grigorev, Akmal Rustamov, Feruz Boboqulov, Humoyun Abdualimov.
“Dinamo”: Mixail Naumov, Mirkomil Lokaev, Hakimoxon Alamxonov, Adnan Oraxovats, Jasur Azimov, Akmal Bozorov, Muhammad Isaev, Aleksey Nikolaev, Saidjamol Davlatjonov, Abdumalik Abdullaev, Amirjon Safarov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Rustam Toshturdiev, Shohruhbek Xolmatov, Bunyod Isroilov, Iskandar Xolmirzaev, Sardor Sulaymonov, Jasur Qurbonov, Komil Sharofutdinov.
Ushbu bahsdan keyin navoiylik futbolchilarga ikki kunlik ta’til e’lon qilindi. Futbolchilar 25 iyuldan mashg‘ulotlarni davom ettirishadi. Toshkent yig‘ini davomida “Qizilqum” yana ikkita nazorat uchrashuvida maydonga chiqishi rejalashatirilgan.
Fikrlar