“Qo‘qon-1912” – “Buxoro”: O‘zaro o‘yinlarda kim ustun?
22 may kuni Superliga 12-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Qo‘qon klubi matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga doir statistik ma’lumotlarini taqdim etdi.
O‘zaro o‘yinlar
Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionati bahslari doirasida 25 bora to‘qnash kelishgan. Shulardan 9 tasida qo‘qonliklar g‘olib bo‘lishgan, 3 ta o‘yin durang natijasi bilan intiho topgan. 13 ta uchrashuvda buxoroliklarning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbati 48:35, “Buxoro” foydasiga. O‘zaro o‘inlarda “Buxoro” 42, “Qo‘qon-1912” esa 30 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Qo‘qonda o‘tgan uchrashuvlar
26.05. 2017
Qo‘qon 1912 – Buxoro – 2:1
09.04. 2016
Qo‘qon 1912 – Buxoro – 0:1
02.05.2015
Qo‘qon 1912 – Buxoro – 2:1
23.06.2003
Qo‘qon 1912 – Buxoro – 1:0
21.09.2002
Qo‘qon 1912 – Buxoro – 1:0
05.11.2000
Temiryo‘lchi – Buxoro – 1:6
18.09.1999
Temiryo‘lchi – Buxoro – 4:1
06.11.1998
Temiryo‘lchi – Buxoro – 3:1
01.10.1995
Temiryo‘lchi – Nurafshon – 3:0 *
25.09.1994
Temiryo‘lchi – Nurafshon – 1:0
18.09.1993
Temiryo‘lchi – Nurafshon – 4:0 (2:0)
10.05.1992
Temiryo‘lchi – Nurafshon – 1:1 (0:1)
Fakt: Qo‘qonda o‘tkazilgan o‘yinlarning 9 tasida “Qo‘qon-1912” jamoasi g‘alaba qozongan. Bitta o‘yin durang natija bilan yakunlangan.
Hakamlar
Qo‘qon shahrida bo‘ladigan Pepsi Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz bungacha Valentin Kovalenko qo‘qonliklarning Toshkentda “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinini boshqarib borgan edi.
Pepsi Superliga.
12-tur
22 may (seshanba)
“Qo‘qon-1912” – “Buxoro”
Hakamlar: V. Kovalenko, R. Serazetdinov, T. Gaynullin, A.Ergashev.
Nazoratchi – I. Nexochin.
Boshlanish vaqtlari
Seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv soat 18:49da boshlanadi. Bugun esa ushbu jamoalarning o‘rinbosarlari maydonga tushishadi. O‘yin Uchko‘prik “Markaziy” stadionida soat 16:30da start oladi.

Fikrlar