“Qo‘qon-1912” – “Dinamo” SPORT TVda namoyish etiladi

  • 07.04.2017 15:11
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Oliy Liga 5-turi doirasidagi «Qo‘qon-1912» - «Dinamo» uchrashuvi muxlis va mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ushbu bahsda «Dinamo»ni qo‘llab-quvvatlash uchun samarqandlik muxlislar ham vodiyga borishgan.

Joriy mavsumdan Oliy Liga bahslarini yanada kengroq yoritishni maqsad qilgan «Sport» telekanali «Dinamo» jamoasining dastlabki uchta turdagi Bekobod, Samarqand va Toshkentdagi o‘yinlarini namoyish etgandi. Bu haqda “Dinamo” rasmiy sayti xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, bu safar telekanal 5-turdagi «Qo‘qon-1912» - «Dinamo» bahsini ham yozib olingan holda namoyish etishni rejalashtirgan. Juma kungi o‘yin 9 aprel, yakshanba kuni kunduzgi efirda soat 13:20da telekanal orqali to‘liq namoyish etiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!